Mana bolajonlar orziqib kutgan yozgi ta'til mavsumi ham boşlandi. Öquv yili davomida qunt bilan ilm olgan öquvçilar endi yozgi oromgohlari bağrida dam oladilar. Aslida, oromgohlar maroqli dam oliş maskanlari vazifasini ötaş bilan birgalikda, u yerda ötkaziladigan tadbirlar va olib boriladigan tögaraklar bola dunyoqaraşini boyitiş, ijodiy qobiliyatini şakllantiriş, uning har tomonlama ma'naviy kamol topişiga yordam beruvçi asosiy tarbiya manbai bölib xizmat qiladi.
Oltinköl tumanida faoliyat yurituvçi “Navbahor” yozgi soğlomlaştiriş oromgohi bahavo, soya-salqin daraxtlar bilan bilan öralgan örmon höjaligi hududidiga joylaşgan.
Bugun uşbu dam oliş maskanida ilk davraning oçiliş marosimi bölib ötdi. Tadbirni tuman hokimligi boş mutaxassisi Zafarbek Ismoilov oçib, bolajonlarga yozgi mavsumda mazmunli dam olişlarini tiladi va oromgohda ularni köngilli hordiq çiqarişlari uçun barça şart-şaroitlar yaratilganini aytib ötdi. Sözga çiqqan “Kamolot” YoIH tuman Kengaşi raisi Gulnoza Satimova ta'til davomida ötkazilişi közda tutilgan qiziqarli tadbirlar töğrisida ma'lumot berdi. Şundan söng, tuman madaniyat uyi san'atkorlari hamda 17-son musiqa va san'at maktabi iqtidorli öquvçilari tomonidan tayyorlangan katta konsert dasturi namoyiş etildi.

-Oromgohimiz uç davralik mavsum davomida 650 nafar öquvçilarni qabul qiladi,-deydi maskan direktori Şerbek Pölatov. Maskanimizda yoz mavsumida taşrif buyuradigan bolajonlarni maroqli hordiq çiqarişlari uçun barça şaroitlar yetarli. Turli tadbirlar ötkazişga möljallangan oçiq sahna şay holatga keltirilgan. Tibbiyot va ma'naviyat xonalari töliq ta'mirdan çiqarilgan. Hududda uçta gulzor yaratilib, ming tupdan ziyod turli gul köçatlari ötqazildi. Ta'til bolalarning miriqib dam olişlari, turli tuman tadbirlarda iştirok etib, ijodiy va taşkilotçilik qobiliyatlarini rivojlantirişga keng imkon beruvçi davr. Oromgohimizda mavsum davomida iş olib boriş uçun malakali yetakçilardan iborat jamoa şakllantirdik. Öylaymanki, farzandlarimiz maskanda köngilli hordiq çiqarib yangi öquv yiliga yetarli darajada kuç-quvvat yiğadilar.

















