AQŞ prezidenti Barak Obama qurol aylanmasini nazorat qiliş böyiça çoralar kiritilişiga çaqirdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

"Agar biz harakat qilmasak, bunga öxşaş yanada köproq ommaviy qotilliklarni köramiz, çunki tanlayotganimiz – ularning sodir bölişiga yöl qöyişimiz yoki qöymasligimizdir", deb aytdi Obama.

Obamaning aytişiça, agar AQŞda terrorçilik va qurol qöllagan holda zöravonlikni nazorat qiliş böyiça çoralar körilmasa, ommaviy qotilliklar davom etişi mumkin.

12 iyunda Orlandodagi tungi klubda Omar Matin ismli şaxs 49 kişini otib öldirgan, yana 53 kişini yaralagandi.