Turkiya hukumati Suriya bilan çegaralarini mustahkamlaş maqsadida 5 metrlik devor qurişini e'lon qildi. Şuningdek, Kilis provinsiyasida yangi havo hujumidan mudofaa tizimlari paydo böladi.
Mudofaa tizimlari Elbeyli nazorat ötkazuv punktiga qöyiladi, deb xabar qilgan Hurriyet Daily News. Turkiya tomoni, bunday çoralarini, provinsiyaning janubi-şarqiy hududlari doimiy ravişda Suriyadagi IŞID jangarilari tomonidan öqqa tutilişi bilan izohlagan.
Kilisga örnatiladigan Korkut HHM tizimlari 4 km radiusdagi raketalarni yöq qilib, bir daqiqada 1100 marta öt oça oladi.
Bundan taşqari, Turkiya nazorat ötkazuv punkti yuqori mobillikka ega ikkita artilleriya raketa batareyasini (HIMARS) ham qabul qiladi. Ularning tarkibida dronlar ham mavjud böladi. Kilis, Gaziantep, Xatay, Şanliurfa va Mardin provinsiyalari böylab esa, 5 metrlik devorlar quriladi.
Eslatib ötamiz, sönggi hafta mobaynida Turkiyada kamida 4ta portlaş sodir bölgan.







