Bugun, 18 iyun kuni Toşkent vaqti bilan soat 18:00da Bordo şahridagi "Matmyut Atlantik" öyingohida Belgiya va Irlandiya uçraşuvi bölib ötadi.
Birinçi turda Italiyadan qabul qilib olingan mağlubiyatdan keyin turnirning "sirli toyçoği" maqomidagi Belgiya terma jamoasi bugun Irlandiyaga qarşi muhim uçraşuvda maydonga tuşadi. "Ölim guruhi" deya qayd etilgan bu guruhda Italiya 2-turda Şvetsiyani mağlub etdi va keyingi bosqiç masalasini hal qildi. Bugungi töqnaşuvda belgiyaliklarga ham irlandlarga ham ğalaba suv va havodek zarur.
Belgiya terma jamoasi Fransiyadagi turnir boşlanişidan oldin ğoliblik uçun asosiy da'vogarlardan biri sifatida qaralayotgandi. Mark Vilmots qöli ostida kuçli futbolçilar jamlangan bölsada, jamoa yorqin öyin körsata olmadi.
Martin ÖNil boşçiligidagi irlandlarda hozir faqat 1 oçko bor va ularga ham bugun oçko zarur.
Jamoalar oxirgi marta deyarli 30 yil oldin uçraşişgan. Öşanda, 1988 yilgi JÇ uçun saralaş bosqiçi doirasidagi 2 uçraşuvda ham durang bilan yakunlangan, turnirga irlandlar yöl olgandi. Jamoalarning jami 14 uçraşuvida tomonlar 5 martadan ğalaba qozongan, 4 uçraşuvda durang qayd etilgan.
Bugun Belgiya tarkibida jamoa yetakçisi Kevin de Bryuyne jarohat tufayli öynay olmasligi mumkin. Irlandlar safida esa Jonatan Uolters jarohatlangan.
Uçraşuvni Junayt Çaqir boşçiligidagi hakamlar boşqarib borişadi.
Taxminiy tarkiblar:
Belgiya: Kurtua – Vertongen, Vermalen, Alderveyreld, Jordan Lukaku – Vitsel, Mertens – Azar, Fellayni, Ferreyra-Karrasko – Romelu Lukaku
Irlandiya: Randolf – Breydi, Klark, ÖŞi, Koulmen – Xendrik, Uilan, Makgidi, Hulahan – Makklin, Long
Mark Vilmots, Belgiya terma jamoasi boş murabbiyi:
"Bizning futbolçilar katta jamoalarda töp surişadi va bosimni yengib öta olişadi. Men hamişa ularga futbol nima ekanini örgatib kelaman. Biz hali yöq bölganimiz yöq. Biz qölimizdan nima kelsa, şuni qilamiz".
Martin ÖNil, Irlandiya terma jamoasi boş murabbiyi:
"Yevropa çempionatiga kelgan boşqa terma jamoalarda bölgani kabi, belgiyaliklar tarkibida ham köplab kuçli futbolçilar bor. Bizni qiyin öyin kutmoqda. Biz bu öyinni sabrsizlik bilan kutmoqdamiz. Biz şvedlarga qarşi zör öynadik, hatto ğalabaga yaqin kelgandik ham. Ammo bu öyinda oçko yöqotdik. Hozir bizda Şvetsiyaga qarşi öyindagi xatolarni tuzatiş imkoni bor. Biz belgiyaliklarga qarşi jang ötkazamiz".
Manba: Tribuna.UZ







