Dubayning Z Tyres kompaniyasi Z1 rusumli 4 dona şinalar töplamini 600 ming AQŞ dollariga sotişga muvaffaq bölgan. Şinalarga, olmoslar va 999 probali oltin bilan işlov berilgani xabar qilinmoqda.
Bu mahsulotlar allaqaçon, Ginnessning rekordlar kitobidan ham joy olişga ulgurgan. Xaridor ismi-şarifi oşkor qilinmagan bölsa-da, savdodan tuşgan mablağ rivojlanayotgan mamlakatlarda ta'lim dasturlari bilan şuğullanuvçi Zenises xayrim jamğarmasiga ötkazilgani xabar qilinmoqda.
Uşbu töplamni işlab çiqişda Hindistonning Joaillier Privé zargarlik firmasi ham iştirok etgan. Kompaniya xabarida aytilişiça, Z1 şinalari «nafaqat moliya sohasini, balki texnik jihatdan mukammal şinalar baxş etadigan hissiyotlarni ham tuşunadigan haydovçilar uçun yangi standart belgisidir».







