Muhandis ataylab odamga ziyon yetkazişi va şu tariqa fantast yozuvçi Ayzek Azimov robototexnikasining birinçi qonunini buzişi mumkin bölgan robotni yaratdi. Bu haqda Fast Company ma'lum qildi.
Berklidagi Kaliforniya universiteti olimi Aleksandr Reben barmoq uçun maxsus joyga ega platforma va igna bilan jihozlangan robot yaratdi. Odam barmoqni qöyganda robot unga hujum qiliş yoki qilmaslikni mustaqil hal qiladi. Şu tariqa robot Ayzek Azimov tomonidan ifodalangan, robototexnikaning uçta qonunidan birinçisini buzadi: "Robot insonga ziyon yetkaza olmaydi yoki özining harakatsizligi bilan insonga ziyon yetişiga yöl qöya olmaydi".
Muallifning aytişiça, uning maqsadi insonga doimo hujum qiluvçi robotni yasaş bölmagan. Rebenning ta'kidlaşiça, har bir muayyan holatda robot özini qanday tutişni özi hal qiladi va u robot özini qanday tutişini oldindan ayta olmaydi. Robot yaratuvçisining fikriça, bunday robotning mavjudligi zamonaviy robototexnikaning hal qilinişi zarur bölgan muammolari borligini körsatadi.
Robotlar özini tutişi böyiça majburiy qoidalar yozuvçi tomonidan 1942 yildagi "Xorovod" hikoyasida ifodalangan.







