Özbekistonning Surxondaryo viloyatida "Dorband" yöl-patrul xizmati posti hududiga tutaşadigan, "Ğalaba" çegaraoldi temir yöl bojxona postida yangi "Dorband" bojxona punkti oçiladi, deb xabar bermoqda uzdaily.uz naşri.
Özbekiston Vazirlar Mahkamasi 2016 yil 9 iyunda "Dorband" bojxona punktining oçilişi haqida tegişli qaror qabul qildi.
Qarorga muvofiq, bojxona punkti faoliyati Termiz-Qarşi yönalişi böyiça harakatlanadigan avtotransport vositalarida kontrabanda amalga oşiriş holatlarining oldini olişga qaratilgan böladi.
Bojxona punkti zamonaviy qurilmalar, jumladan mobil inspektsion-tekşiruv majmuasi bilan jihozlanadi.







