"Lester" klubi va Angliya terma jamoasi hujumçisi Jyeymi Vardi yozda operatsiya qilinişini aytdi.

29 yoşli futbolçi Yevropa çempionatida mavsum davomida bilagidan olgan jarohati bilan öynamoqda.   

"Men hanuzgaça gipsli boğiçda öynaşimga töğri kelmoqda. Yevro-2016’dan keyin operatsiya qilinaman. Mening bilagimda ikkita katta darz bor, suyak ötkazişga töğri keladi. 

Biroq men bor-yöği 3 hafta ötkazib yuboraman. Men bu jarohatni mavsum boşidayoq, "Aston Villa"ga qarşi uçraşuvda olganman, şuning uçun bu jarohat menda ançadan beri bor", deb aytdi Vardi.