Ispaniya terma jamoasining sobiq futbolçisi David Vilya milliy terma jamoa öyiniga maqtov yoğdirdi.

Vilyaning hisoblaşiça, Visente del Boske şogirdlari öz öyinlari bilan Yevropa çempionatida barçadan ajralib turibdi.

«Jamoa ötgan ikki öyinda ham ajoyib futbol namoyiş qildi. Ayniqsa, turklarga qarşi öyin a'lo darajada ötdi. Ispaniya terma jamoasini raqib ustidan hokimlik qilişini köriş maroqli.

Turnirda hali heç bir jamoa Ispaniya kabi öynay olgani yöq. Aytiş mumkinki, ispanlar termasi mutlaq kuçli. Jamoaning hujum çiziği ham, himoyasi ham turnirdagi eng zöri. Yangi futbolçilar jamoaning öyin falsafasiga osonlik bilan moslaşib ketgan va bu jamoaga muvaffaqiyat keltirmoqda», — deya Vilyaning sözlarini keltiradi Marca. 

Ispaniya terma jamoasi 1-turda Çexiyani 1:0, 2-turda Turkiyani 3:0 hisobida mağlub etdi. Ayni vaqtda D guruhida Ispaniya 6 oçko bilan birinçi, Xorvatiya 4 oçko bilan ikkinçi bölib turibdi.

Bugun Toşkent vaqti bilan soat 23:59da parallel ravişda Xorvatiya-Ispaniya hamda Çexiya-Turkiya uçraşuvlari boşlanadi.

Manba: Tribuna.uz