Endi Dubayda yaşovçi har bir odam WhatsApp messenjerida +971 50 10 777 99 raqamiga xabar yozib, miş-mişlarning rost-yolğonligini aniqlay oladi. Uşbu xizmatni Dubay munitsipaliteti ijtimoiy tarmoqlarda turli miş-mişlarning tarqalişiga javoban taklif qilmoqda.
"Miş-mişlar" tovuşli, matnli yoki video-xabarlar körinişida qabul qilinadi. Munitsipalitet xodimlari axborotni tekşirib, 8 soat içida javob taqdim qilişadi. "Şampunlar va ularning soçlarga yetkazadigan ziyoni, pardoz vositalarining allergiya berişi hamda restoranlardagi antisanitariya va mahsulotlarda kanserogenlarning saqlanişi haqida köp miş-miş tarqaydi", deb ma'lum qildi Dubay munitsipalitetining Şikoyatlar va murojaatlar seksiyasi va aloqa markazi rahbari Muhammad Ahmad al-Luz.
WhatsApp dasturidan foydalanmaydiganlar esa miş-mişlarning rostligini munitsipalitetning ijtimoiy tarmoqdagi, xususan Facebook’dagi sahifasida tekşira oladilar.







