XXR raisi Si Tszinpin 21 iyun kuni Özbekistonga davlat taşrifini Buxorodan boşladi. Bu haqda Sinxua axborot agentligi xabar tarqatdi.
Xitoy rahbari tarixiy markazi YuNeSKOning Jahon madaniy merosi röyxatiga kiritilgan 2500 yillik tarixga ega Buxoro şahrining diqqatga sazovor joylari bilan tanişganidan söng Toşkentga yöl oldi.
Si Tszinpin Toşkentda Özbekiston prezident Islom Karimov bilan uçraşadi va oliy darajali muzokaralarda iştirok etadi. U şuningdek, Senat a'zolari hamda Qonunçilik palatasi deputatlari oldida nutq sözlaydi.
Taşrif yakuni böyiça Özbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasining qöşma bayonotini qabul qiliş, mamlakatlarimiz örtasidagi köp qirrali hamkorlikni yanada mustahkamlaşga qaratilgan bitimlar va boşqa hujjatlar imzolanişi rejalaştirilgan.
23-24 iyun kunlari Si Tszinpin Toşkentda Şanxay hamkorlik taşkiloti Davlat rahbarlari kengaşining yiğilişida iştirok etadi.







