2016 yilning 23 iyun kuni Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Boş kotibining örinbosari Jyeffri Feltman bilan uçraşdi. Bu haqda Özbekiston Taşqi işlar vazirligi matbuot xizmati xabar bergan.
Jyeffri Feltman Toşkent şahrida bölib ötadigan Şanxay hamkorlik taşkilotiga a'zo davlatlar rahbarlari Kengaşining majlisi işida qatnaşiş uçun Özbekistonda bölib turibdi.
Suhbat çoğida Özbekiston va BMT örtasidagi hamkorlikning holati va istiqbollari muhokama qilindi.
Muloqot davomida mintaqaviy masalalarga hamda Orol dengizi ekologik fojiasi oqibatlarini yumşatiş böyiça ikki va köp tomonlama dastur va loyihalarni amalga oşirişga alohida e'tibor qaratildi.
Uçraşuvda BMT Rezident-koordinatori, BMT Taraqqiyot dasturining doimiy vakili Stefan Prisner iştirok etdi.







