Amerika kubogida finalga çiqqan ikkinçi jamoaning nomi aniqlandi. Yarim finalda Kolumbiyaga qarşi bahs olib borgan Çili terma jamoasi, raqibini işonçli tarzda mağlub etişga muvaffaq böldi. 

Çililiklar öyin boşidayoq raqib darvozasiga ikkita töp yöllaşga muvaffaq bölişdi. 7-daqiqada Arangis, oradan 4 daqiqa ötib Fuensalida Kolumbiya darvozasini işğol qilişga muvaffaq bölişdi. 

Birinçi bölimdan keyin kuçli yomğir bahs töxtatilgandi. Majburiy tanaffus bir soatdan oşiqroq davom etdi. Ikkinçi bölimda Xames Rodriges jamoadoşlari raqib darvozasiga yöl topa olişmadi. Boz ustiga, 57-daqiqada kolumbiyalik Karlos Sançes ikkinçi sariq kartoçkani olib, maydonni tark etdi.

Şu tariqa, Çili terma jamoasi Kopa Amerika finaliga çiqdi va boş sovrin uçun Argentinaga qarşi bahs olib boradi. Ötgan yilgi Amerika kubogi finalda ham mazkur ikki jamoa töqnaş kelişgandi va penaltilar seriyasida omad Çiliga kulib boqqandi. Uşbu jamoalarning bu galgi turnir guruh bosqiçidagi töqnaşuvida Messi jamoadoşlari 2:1 hisobida ustun kelişdi. Final öyini 26 iyun kuni bölib ötadi. 

Amerika kubogi, yarim final
Kolumbiya – Çili - 0:2 (0:2)
Gollar: 0:1 – 7 Arangis, 0:2 – 11 Fuensalida. 
Kolumbiya – Ospina, Sapata, Fabra (Peres, 73), Aryas, Murilo, Sançes, Torres, Xames, Kuadrado (Bakka, 80), Kardona (Moreno, 46), Martines.
Çili – Bravo, Isla, Bosejur, Xara, Vargas, Arangis, Fuensalida (Puç, 75), Ernandes (Pulgar, 30), Sançes, Medel, Silva.
Ogohlantirişlar: Bravo (39), Sançes (41), Sançes (45), Bosejur (65), Puç (78), Silva (85).
Çetlatiş: Sançes (57).