Buyuk Britaniyada 23 iyun kuni, mahalliy vaqt bilan soat 07:00da (Toşkent vaqti bilan soat 11:00) qirollikning Yevropa Ittifoqi tarkibidan çiqişi böyiça referendumda ovoz beruvçilar uçun saylov uçastkalari oçildi.
The Independent xabariga köra, uçastkalar yarim tungaça (mahalliy vaqt bilan soat 02:00gaça, Toşkent vaqti bilan 24 iyun, soat 06:00) oçiq böladi va keyin ovozlarni hisoblaş boşlanadi. Yakuniy natijalar 24 iyun kuni tongida markaziy ştab joylaşgan Mançester şahrida e'lon qilinadi.
Referendumda saylovçilar (46,5 million kişi, şundan 24,1 ming kişi Gibraltarda) "Buyuk Britaniya qirolligi Yevropa Ittifoqi tarkibida qolişi kerakmi?" (Vote Leave - Çiqiş, Remain - Qoliş) savoliga javob qaytarişlari kerak böladi.
Saylov uçastkalarida saylov komissiyasi vakillari hamda kuzatuvçilar faoliyat körsatmoqda.
Ovoz berişlar oldidan ötkazilgan ijtimoiy sörovlar natijalariga köra, qirollik YeI tarkibida qolişini yoqlovçilar soni nisbatan köproqni taşkil qilmoqda.
22 iyun kuni Times naşri buyurtmasiga köra sörov ötkazgan YouGov firmasi ma'lumotiga köra, britaniyaliklarning 51 foizi Buyuk Britaniyaning YeIdan çiqişiga qarşi, 49 foiz söraluvçi "ha" deb javob bergan. Bu firma ötkazgan avvalgi sörovnomada iştirokçilarning köpçilik qismi YeIda qolişga qarşi çiqqandi.
Britaniyaning YeIdan çiqişiga qarşilar - hukumat a'zolari va yirik tadbirkorlar hisoblanişadi. Ular YeIdan çiqilsa, iste'mol mahsulotlari narxi hamda soliqlar oşişi ortidan iqtisodiy inqiroz yuzaga kelişidan xavfsiraşmoqda. Ular referendum arafasida taşviqot kampaniyalarini kuçaytirişdi. Brexit tarafdorlari öz muxoliflarini aholini qörqitiş va axborot manipulyatsiyasida ayblamoqda.
Mamlakat boş vaziri Devid Kemeron Yevropa Ittifoqi tarkibida qoliş tarafdorlari boşida turibdi. U 2015 yilning mayida qayta saylanganida şu haqda va'da bergandi. U mamlakatni blok tarkibida saqlab qoliş uçun faol ravişda harakat qilib kelmoqda.







