Rossiya moliya vaziri Anton Siluanovning fikriça, Buyuk Britaniyadagi referendum natijalari jahon bozorlarida narxlarning keskin özgarişiga sabab bölişi ehtimoli yuqori. Bu esa, neft narxi tuşişiga va natijada Rossiya rublining yanada qadrsizlanişiga olib keladi, deb xabar qilmoqda Rambler yangiliklar xizmati.
«Rossiya uçun bu neftning arzonlaşuvi hamda rublning zaiflaşuvi, fond bozorlarining keskin özgarişlarini anglatadi. Bular qançalik yoqimsiz bölmasin, uşbu hodisalar, içki iqtisodiy ösiş sur'atlariga unçalik ham ta'sir qilmasligi kerak», — degan Moliya vaziri.
Biroq, Siluanov birgina salbiy holat, köpgina jiddiy talofatlarga sabab bölişini ham inkor etmayapti.
Avvalroq, Rossiya banki Brexitdan Rossiya uçun biron jiddiy xatar körmayotganini aytgan edi.







