2016 yilning aprelidan 2017 yilning martiga qadar Mitsubishi Motors kompaniyasining yoqilği mojarosi bilan boğliq moliyaviy yöqotişlari 145 milliard iyenni (1,4 milliard dollar) taşkil qiladi. Bu haqida yapon avtomobil işlab çiqaruvçisining iqtisodiy prognozida ma'lum qilingan.
Bu davrda kompaniyaning global sotuvlari sakkiz foizga - 962 ming maşinagaça pasayadi. Eng sezilarli pasayiş körsatkiçlari yapon bozorida bölişi kutilmoqda, bu yerda 60 ming avtomobil sotiladi - bir yil avvalgiga qaraganda 41 foizga kam...
Bundan avval Mitsubishi kompaniyasi yoqilği mojarosidan jabr körgan har bir maşina egasiga 100 ming iyendan (959 dollar) tölaşni rejalaştirgani haqida xabar qilingandi. Yapon bozorida hujjatlarda yoqilği xarajatlariga doir notöğri ma'lumot bergan 625 ming maşina qayd etilganidan kelib çiqadigan bölsak, tölovning umumiy hajmi 50 milliard iyenni (500 million dollar) taşkil qiladi.
Aprel oyining oxirida Mitsubishi bir qator modellardagi yoqilği xarajatlari haqida soxta ma'lumot berganini tasdiqlagan. Yapon hukumatiga 25 yil davomida - 1991 yildan boşlab yoqilği iste'moli darajasi töğrisidagi notöğri ma'lumot taqdim etib kelingan.
May oyining örtasida Mitsubishi Motors kompaniyasining 34 foizli aksiyalar paketini Nissan kompaniyasi xarid qilişi ma'lum böldi. Bundan bir neça kun ötib, Mitsubishi prezidenti Tetsuro Aikava va vitse-prezident Ryugo Nakao iste'foga çiqişi haqida e'lon qilişdi.







