McLaren kompaniyasi özining poygalardagi hamkori, Britaniyaning Lanzante, atelesi bilan birga P1 GTR poyga supergibridini — oddiy yöllarga möljallangan P1 LM modeliga aylantirdi. U, trek toifasidan aerodinamikasining yaxşilangani, yengilaşgani bilan farq qiladi. Bundan taşqari, uning tannarxiga «Maklaren»ning maxsus poyga dasturida iştirok etiş qiymati ham qöşilmaydi.
Lanzante muhandislari P1 GTRdan Race Active Chassis Control faol podveskasi, pnevmatik domkratlarni olib taşlab, boltlar va turli mahkamlagiçlarni titanlilarga almaştirgan. F1 GTR örindiqlari örnatilgan. Şişa oynalari Lexan polikarbonatiga almaştirilgan. Natijada, maşina 60kgga yengillaşib, 1437 kilogrammni taşkil etgan.

Şuningdek, orqa aksilqanot şaklini özgartirilib, oldsplitter kengaytirilgan. Bu, P1 GTRga nisbatan bosiş kuçini 40 foizga kuçaytiriş imkonini bergan.
P1 LM intereriga P1 GTR kabi töliq karbon va alkantara bilan işlov berilgan. Rul çambaragining markaziy qismi MP4/23 uslubida işlangan. Priborlar panelidagi rangli ekran saqlab qolingan, old panelga yana bir rangli displey joylangan. Şuningdek, konditsioner ham yoddan kötarilmagan.

1000 ot kuçiga ega, 3,8-litrli juftturbo V8 dvigateli hamda 200-quvvatli elektromotor deyarli özgartirilmagan. Lanzante muhandislari ularning issiqlik izolyatsiyasi va oraliq sovutgiçini yaxşilaşgan xolos. Model titan va inkoneldan yasalgan tutun çiqariş tizimiga ega bölgan.
P1 LM töplamiga, dinamometrik kalit, diagnostika uskunasi, avtomobil çexoli, 1:8 nisbatdagi modeli hamda suratlar kiritilgan. P1 GTR ning yöl toifasidan atigi 6 dona işlab çiqariladi. Undan beştasi mijozlarga sotiladi, bittasi kompaniya ixtiyorida qoladi. Ayni şunisi, 26 iyun kungi Gudvuddagi Tezlik festivalida qatnaşadi.


Foto: motor.ru







