Amerikaning Hubble orbital teleskopi Neptun atmosferasida noodatiy şakllarni suratga oldi. Bu haqida teleskop ilmiy jamoasi xabar qildi.
Avval bunday töq rangli böronlar 1989 yilda «Voyadjyera-2» va 1994 yilda xuddi şu Hubble teleskopi parvozi vaqtida kuzatilgan.
Mazkur töq rangli şamoyillar yuqori bosimli hududlarni anglatadi va köpinça yorqin hamroh-bulutlar bilan qöşniçilik qiladi. "Töq rangli böronlar atmosferada xuddi ulkan, linzasimon gaz toğlari kabi suzib yurişibdi. Hamroh-bulutlar esa Yerdagi toğlar ustida suzuvçi orografik bulutlarga öxşaydi", - deya izoh berdi suratlarni tahlil qilgan Berklidagi Kaliforniya Universiteti olimi Mayk Vong. 2015 yilning iyulidan Neptundagi havaskor astronomlar yorqin bulutlarni köra boşlaşgan, şuningdek Havayida ham Keka teleskopida bunday bulutlarni qayd etişgan. Olimlar ularning tagida köpdan beri uçramagan töq rangli böronlar bölişi mumkinligini taxmin qilişdi.
May oyida olingan suratlar Neptun atmosferasidagi noyob şamoyillar hajmi, şakli, barqarorligi, şuningdek eniga harakatlanişi, tezlaşişi va sekinlaşişi bilan farqlanişi mumkin.







