2050 yilga borib, dunyo aholisining uçdan ikki qismi şaharlarda yaşaydigan bölişadi, bugungi kunda sayyoramiz aholisining yarmi şaharlarda yaşaydi. Bunday demografik siljiş şahar hayotini yaxşilaş masalasida alohida ahamiyat kasb etadi. Uşbu murakkab jarayon infratuzilma rivoji, texnologik innovatsiyalar, ijtimoiy siyosat, atrof-muhit muhofazasi va boşqa ilğor çoralar körişni öz içiga oladi. Global biznes-konsultatsiyaga asoslangan «AT Kearney» kompaniyasi dunyoning 125 şahrini örganib çiqdi. Şaharlar istiqboli tört mezonga köra baholandi: şaxsiy farovonlik, iqtisodiyot, innovatsiyalar va boşqaruv. Şunday qilib, dunyoning eng kelajagi porloq şaharlari bilan tanişing!
25. Vankuver, Kanada
Tadbirkorlikning rivojlanişi Vankuverga eng istiqbolli şaharlar röyxatida 27-örindan 25-öringa kötarilişga yordam berdi. 5 iyun kuni Kanada boş vaziri Jastin Tryudo şahar tranzit infratuzilmasiga 900 million dollar investitsiya qiliş bitimi imzolanişi haqida ma'lum qildi, bu kelajakda uning bahosini yanada kötarişi mumkin.
24. Kopengagen, Daniya
«AT Kearney» öz ma'ruzasida 14ta şaharni "aqlli" deb atadi, zero ularning taraqqiyot strategiyasi texnologiyalarga asoslangan. Kopengagen ana şular şumlasidandir. "Aqlli" şaharlar orasida Barselona, Bryussel, London, Parij va Vena şaharlari ham qayd etilgan.
23. Taybey, Tayvan
Hozirgi paytda u joriy unumdorlik indeksida 43-örinni egallasa-da, ekologik faoliyat, tadbirkorlik va jon boşiga patentlar körsatkiçlaridagi ijobiy özgarişlar Taybeyga kelajakning eng yaxşi 25 şahri qatoriga kirişga imkon yaratdi.
22. Bryussel, Belgiya
Joriy yilda Belgiya hukumati ilk marotaba öz faoliyatida töliq oşkoralik siyosatini yölga qöydi. Röyxatdagi boşqa şaharlarga nisbatan Bryusselda siyosiy anjumanlar köproq ötkazildi. Bu muddat içida uning infratuzilmasi va ekologik körsatkiçlari sezilarli darajada yaxşilandi.
21. Los-Anjyeles, AQŞ
Sönggi yillarda dunyoning köplab şaharlarida ekologik körsatkiçlar yomonlaşdi, biroq Los-Anjyelesda bu borada faqat ijobiy özgarişlar yuz berdi. Boşqa tomondan, şaharning barqarorlik va xavfsizlik darajasi muntazam kamayib bormoqda, bunga sabab - zöravon guruhlarning ilğor faoliyati.
20. Dallas, AQŞ
Ötgan yili mazkur şahar bu röyxatga kiritilmagan edi, biroq uning innovatsiya sohasidagi salohiyatining ösişi bu yil uning istiqbolini oşirdi. Google ham uning salohiyatini qayd etdi: 14 iyunda kompaniya şahar hokimiyati bilan hamkorligi hamda yuqori tezlikka ega optik tolali aloqa örnatiş masalasini körib çiqişi haqida e'lon qildi.
19. Tokio, Yaponiya
Tokio joriy unumdorlik indeksida törtinçi örinni egallaydi, uning aholisi esa hozirgi paytda eng ilğor baholarni qölga kiritmoqda. Biroq 15 iyunda Yaponiya poytaxti gubernatori talon-taroj bilan boğliq mojaro tufayli iste'foga çiqiş uçun ariza yozdi. Yoiti Masudzoe – sönggi bir neça yil içida Tokiodagi şahar boşqaruvida moliyaviy janjal bois öz mavqeini tark etgan ikkinçi rahbar hisoblanadi.
18. Toronto, Kanada
Ötgan yil davomida Toronto şu darajada gullab-yaşnadiki, köplab ekspertlar uni yangi texnologik markaz deb atay boşlaşdi. Şuningdek şahar ekologik siyosat yetakçisi sifatida ham qayd etiladi. 2010 yilda qabul qilingan qonunga muvofiq, turar joylardan taşqari har bir qurilgan yangi bino tomida yaşil boğ barpo etilişi kerak.
17. Singapur
Singapur Osiyo şaharlari "Global elita"siga kiruvçi ikkita şahardan biri bölsa-da, uning ekologik körsatkiçlari oxirgi yil içida yomonlaşdi. Bu uning 14-örindan 17-öringa tuşişiga sabab böldi. Biroq hozirgi paytda, «AT Kearney» hisob-kitobiga köra, Singapur internet mavjudligi böyiça dunyo yetakçisi hisoblanadi.
16. Jyeneva, Şveytsariya
Jyeneva şahar boşqaruvi turkumida Şveytsariyaning yana bir şahri - Tsyurix bilan bir qatorda yetakçilik qiladi. Ikkala şahar aholisi ham keng diapazonli çastotalarga asoslangan yuqori imkoniyatli uzatiş usulidan foydalanişadi, şuningdek televizion yangiliklarga eng qulay çiquvçi imkoniyatlarga ega, bu esa şaharni umumiy baholaşda ijobiy ahamiyat kasb etdi.
15. Melburn, Avstraliya
Bu yil Melburn törtta kategoriyadan birida, aniqroq aytadigan bölsak - şaxsiy farovonlik böyiça yetakçilik qilmoqda. Melburnda sayyoraning boşqa şaharlariga nisbatan infratuzilma, jon boşiga YaIM, şuningdek töğridan-töğri xorijiy investitsiya yaxşi tomonga tezroq özgarmoqda.
14. Berlin, Germaniya
Amsterdam, London va Parij bilan bir qatorda Berlin şahri Yevropaning "Global elita"si tarkibiga kiradi. Berlin özining muvaffaqiyatli ekologik siyosati bilan maşhur, biroq ötgan yil içida uning bu boradagi körsatkiçi biroz yomonlaşdi. Hukumat issiqxona gazlari çiqindilarini 80-95 foizga qisqartirişni rejalaştirmoqda. Şu bois u barqaror rivojlanuvçi dunyo yetakçilaridan biri bölib qolaveradi.
13. Parij, Fransiya
Parij - ma'lumot almaşinuvi turkumida dunyo yetakçisi, u fikrni erkin ifodalaş, axborot agentliklari soni va Internetdagi faoliyatni öz içiga oladi. Parij joriy faoliyat hisoboti indeksi böyiça 3-örinni egallaydi, şuningdek u tadbirkorlik va töğridan-töğri investitsiya sohalaridagi ijobiy özgarişlar sababli kelajakdagi eng porloq şaharlar röyxatida 19-örindan 13-öringa kötarildi.
12. Sidney, Avstraliya
Barça tadqiq qilingan şaharlar orasidan Sidney oxirgi beş yil içida ekologik körsatkiçlarni yaxşilaş böyiça eng yuqori suratlarni körsatdi. Bu borada unga faqat Melburn şahrigina teng kelişi mumkin. Bunday harakatlar şaharni ekologiya sohasidagi dunyo yetakçisiga aylantirdi.
11. Çikago, AQŞ
Sönggi yillar içida Çikagodagi xususiy investitsiyalar va tadbirkorlik şu qadar yaxşi yölga qöyildiki, bu şaharga eng istiqbolli şaharlar reytingining 17-örnidan 11-örniga kötarilişiga yordam berdi. Boston, San-Frantsisko va Nyu-York bilan bir qatorda Çikago Amerikaning "Global elita" şaharlari tarkibidan joy oldi.
10. Tsyurix, Şveytsariya
Hisobotga köra, Tsyurix şahar boşqaruvi turkumida işonç bilan yetakçilik sari qadam taşlamoqda. Mahalliy qonunlar biznes va investitsiyalar rivojiga qulay şaroit yaratmoqda, hukumat oşkoralik siyosatini qöllamoqda, şaharning byurokratik organlari esa boşqa şaharlarga qaraganda yaxşi faoliyat körsatmoqda.
9. Myunxen, Germaniya
Myunxen şahri Xyuston (AQŞ) va Şençjenem (Xitoy) bilan bir qatorda jon boşiga eng köp patent soniga ega bölgan şahar hisoblanadi, ammo ekologik muhitning yomonlaşuvi bois u istiqbolli şaharlar reytingida 7-örindan 9-öringa pasaydi.
8. Amsterdam, Niderlandiya
Hisobotga köra, sayyoramizdagi 15ta şahar "Global elita" sifatida e'tirof etildi, buning boisi - ular eng muvaffaqiyatli 25 şahar va eng istiqbolli 25 şahar röyxatida qayd etilgan. Amsterdam - ana şunday şaharlardan biri. Xususiy tadbirkorlikning rivojlanişi hamda xorijiy investitsiyalar şaharga yuqori örinlarni zabt etiş imkonini beradi va porloq kelajakni kafolatlaydi.
7. Stokgolm, Şvetsiya
Şvetsiya poytaxti baholaşning tört mezoni böyiça öz körsatkiçlarini yaxşiladi. Bundan taşqari, aynan Stokgolm hozirgi vaqtda erkin fikr bildiriş böyiça dunyoda yetakçilik qiladi.
6. Atlanta, AQŞ
Atlantada uç yönaliş böyiça ijobiy siljişlar röy berdi: jon boşiga patentlar soni, xususiy investitsiyalar va yoş olimlar uçun homiylik dasturlari köpaydi. Bularning barçasi şaharning ötgan yilga nisbatan 10 poğonaga kötarilişiga imkon yaratdi.
5. Xyuston, AQŞ
Xyuston jon boşiga YaIM soni böyiça yetakçilik qilmoqda, bu şaharning şaxsiy farovonligida hal qiluvçi ahamiyat kasb etdi. Şuningdek ötgan yil içida Xyustonda patent ilovalar soni köpayişi kuzatildi.
4. London, Angliya
«AT Kearney»ning joriy körsatkiçlarga doir hisobotida London 2008 yildan beri birinçi marta Nyu-Yorkdan özib ketdi. Biroq bu yerdagi ekologik vaziyatning yomonlaşuvi uni istiqbolli şaharlar reytingida Nyu-York va Bostondan keyingi örinlarga munosib deb topdi.
3. Boston, AQŞ
Bostonda ötgan yil davomida tadbirkorlikning rivojlanişi qayd etilgan bölsa-da, u istiqbolli şaharlar reytingida xuddi ötgan yildagi kabi 3-örinni egalladi. Şunga qaramay, tadqiqotçilar şaharning tört mezon böyiça umumiy baholari biroz kötarilganini qayd etişdi.
2. Nyu-York, AQŞ
2015 - 2016 yillarda Nyu-York istiqbolli şaharlar röyxatida 4-örindan 2-öringa siljib, 2 poğonaga kötarilişga muvaffaq böldi. Bunday natijaga şahar içida biznes-faollikning ösişi tufayli erişildi.
1. San-Frantsisko, AQŞ
«AT Kearney» 6 yildan beri bunday reytingni taqdim etadi va har yili röyxatning eng yuqori pillapoyasida San-Frantsisko özgarişsiz qoladi. Bu oxirgi yillarda şaharning eng haqiqiy innovatsiyalar markaziga aylangani bilan izohlanadi.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi