Rossiyaning Kirov viloyati gubernatori Nikita Belyxning ta'kidlaşiça, u pullarni pora sifatida emas, balki Kirov şahri ehtiyojlari uçun olgan, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti».

«Belyx söroq çoğida, pullarni Kirov şahri ehtiyojlari uçun olganligini aytdi», — deb ma'lum qilgan jarayondan xabardor şaxs. 

U, şuningdek, aybiga iqror bölişdan boş tortgan, ammo tergov bilan hamkorlik qilişga tayyorligini bildirgan. 

«Aybimni tan olmayman, men heç qanday jinoiy iş bilan şuğullanganim yöq. Pora olmaganman, olmayman ham. Barça körsatmalarimni tergovçiga berdim va tergov tomoni bilan yana hamkorlik qilişga tayyorman», — degan Belyx.