Ispaniyada yetakçi konservativ Xalq partiyasi ekzit-pol ma'lumotlariga köra parlament saylovlarida yutmoqda, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi.
Reuters axborot agentligi ma'lumotlariga köra, Xalq partiyasi 350 örinlik parlamentda 117-121 örin olgan. 2-örinda "Birgalikda qila olamiz" söl koalitsiyasi bormoqda, u 91-95 örin olgan. Ispaniya sotsialistik işçi partiyasiga 81-85 örin nasib qilgan.







