Argentina terma jamoasi boş murabbiyi Herardo Martino Amerika Kubogi finalida Çilidan qabul qilingan mağlubiyatdan keyin fikrlarini bildirib ötdi.
Öyinning asosiy vaqti va qöşimça bölimlarda hisob oçilmadi. Şundan söng boşlangan penaltilar seriyasida Çili 4:2 hisobida ğalaba qozondi. «Albiseleste» safida zarba berişda adaşgan futbolçilardan biri Lionel Messi böldi, u tepgan töp darvoza tösini ustidan ötib ketdi. Şuningdek, Lukas Bigliyaning zarbasini Klaudio Bravo qaytarişga muvaffaq böldi. Çili tarkibida Arturo Vidal penaltini golga aylantira olmadi.

«Finalda yana yutqaziş juda oğir. Biz bu öyinni intizorlik bilan kutgan edik. Oxir oqibatda sovrindan quruq qoldik.
Finallardagi eng muhimi – natijadir. Çili penaltilar seriyasida ğalaba qozondi. Biz asosiy vaqtdayoq ğalaba qozonişimiz şart edi.
Bu mağlubiyat terma jamoa bilan turnirlarni yutmagan Messi uçun qayğuli böldi. Axir butun jamoa ğalabaga umid qilgandi. Endi kelajakka işonç bilan boqiş qiyin, lekin sportçilar bir neça marta bunday katta mağlubiyatlardan keyin ham oyoqqa tura olişgan», — deya Martinoning sözlarini keltiradi Ole.
Öyindan keyin kameralarga Messining yiğlayotgani tasvirlari muhrlandi.


Bu vaziyatga Martino şunday izoh bergan: «Messining köz yoşlarimi? U özini finalda yutqazgan barça futbolçilar kabi tutdi. Yana bir finaldagi mağlubiyat unga oğir botdi».
Argentina terma jamoasi qatorasiga ikkinçi marta Amerika Kubogi finalida Çili terma jamoasiga yutqazdi. 2015 yilgi turnir finalida ham argentinaliklar penaltilar seriyasida 1:4 hisobida mağlub bölgandi. Bundan taşqari, Messi va jamoadoşlari 2014 yilgi jahon çempionati finalida Germaniyaga (0:1) mağlub bölgandi.
Messi 2008 yili Argentina olimpiya terma jamoasi safida Pekin Olimpiadasi ğolibi bölgan, 2005 yilda esa yoşlar örtasidagi jahon çempioni bölgan. Ammo Lionel Messi Argentina milliy terma jamoasi bilan yirik turnirlarda biror marta ham boş sovringa ega bölmagan.







