Bugun Yevropa çempionatining barça çorak finalçilari aniqlanadi. Nitstsada Angliya hamda Islandiya terma jamoalari 1/4 finalning eng oxrgi qatnaşçisini aniqlab berişadi. Öyin Toşkent vaqti bilan 23:55da, Nitstsa şahridagi «Alyants Rivera» öyingohida boşlanadi.
Angliya çempionatni «B» guruhida boşladi. Rossiya va Slovakiya bilan durang öynagan inglizlar guruh ğolibi bölgan Uelsni esa mağlub etdi. Bu esa guruhda ikkinçi böliş uçun yetarli böldi.
Islandiya esa sensatsion tarzda «F» guruhida ikkinçi örinni qölga kiritdi. Vulqonlar ölkasi jamoasi Portugaliya va Vengriyadan bir oçko olişdi. Oxirgi turda esa Avstriyani mağlub etib, Portugaliyani çanglarida qoldirib ketişdi. Köramiz, çaqilmagan yonğoq bölib turgan islandlarga inglizlarning tişi ötarmikin?..
«Tribuna» Angliya — Islandiya uçraşuvidan matnli translyatsiya uyuştiradi.







