Yevropa çempionatining nimçorak finali doirasidagi markaziy uçraşuvlardan biri Italiya va Ispaniya örtasida ötkazildi.
Uçraşuvning 33-daqiqasida David de Xea Ederning zarbasini qaytardi, qaytgan töpga Emanuele Jakkerini yetib keldi, darvozabon uning yöliga çiqdi, lekin töpni olib qöygan Kellini uni darvozaga kiritib yubordi.
Öyin teng kuraşlar ostida keçdi. Lekin Ispaniya vaziyatni özgartira olmadi.
Oxirgi daqiqalarda esa Antonio Konte şogirdlari qarşi hujumda ikkinçi golni urişdi. Grasiano Pelle yakuniy natijani örnatdi - 2:0.
Çorak finalga çiqqan Italiyaning keyingi raqibi Germaniya böladi.
Yevro-2016. 1/8 Final.
Italiya – Ispaniya 2:0
Gollar: 1:0 – 33 Kellini, 2:0 – 90 Pelle.
Italiya – Buffon, Bonuççi, Kellini, De Şilo, Barzali, Parolo, Florentsi (Darmian, 84), de Rossi (Motta, 54), Jakkerini, Pelle, Eder (Insine, 82).
Ispaniya – De Xea, Pike, Alba, Xuanfran, Ramos, Inesta, Buskets, Silva, Fabregas, Nolito (Aduris, 46; Pedro, 81), Morata (Vaskes, 70).
Ogohlantirişlar: De Şilo (23), Nolito (40), Pelle (54), Motta (89), Buskets (89).







