Starwood Hotels & Resorts Worldwide kompaniyasi Kubada amerikaliklarning ilk mehmonxonasini oçdi. Bu haqda NBC News xabar tarqatdi.

Tört yulduzli "Sheraton" nomli bu mehmonxona Karib dengizi qirğoğida joylaşgan.

"Bu tarixiy lahza", deya öz taassurotini bldirgan mehmonxona matbuot xizmati vakili Nensi Sarabiya.

U uşbu mehmonxonani "birodarlik va döstlik" ramzi sifatida atagan.

AQŞning Kuba bilan munosabatlardagi embargosi öz kuçida qolmoqda. Lekin Barak Obama ma'muriyati savdo va investitsiyalar sohasidagi çeklovlarni yengillaştirgan.

2014 yilning dekabrida Vaşington Kuba bilan munosabatlar iliqlaşa boşlagani haqida ma'lum qilgandi.

Starwood kompaniyasi qurgan mehmonxona AQŞ va Kuba örtasidagi ilk yirik kelişuv böldi.

Yaqin vaqt içida mehmonxonaning barça nomerlari band qilinişi kutilmoqda.

Qayd etilişiça, mehmonxonada bir tunni ötkaziş 200 dollarga tuşadi.