

1. Umuman yangi platforma
Panameraning yangi ikkinçi avlodi MSB platformasining yangi namunasi negizida barpo etilgan. Bentley Bentayga maşinasi allaqaçon mazkur platformani öz asosi qilib olgan. Yaqin orada, Bentley Continentalda ham ayni platforma paydo böladi. Uning öziga xos jihati, doimo barça ğildiraklarning yetakçi bölişida. Avvalgi «Panamera»lar bunday emas edi. Bundan taşqari, uçkamerali pnevmatik podveska - moslaşuvçi amortizatorlarga ega. Faol stabilizatorlar hamda orqa öqni boşqariş imkoniyati mavjud.
Yangi platformaga ötgan Panamera biroz balandroq köriniş olgan. Uning ğildiraklar asosi 30 mm kengaygan bölsa, gabarit uzunligi 34 mm uzayib, 5049 mmni taşkil etgan. Eniga ham 5 millimetr kattalaşgan. Yukxonasi hajmiga 63 litr qöşilib, 495 litrni taşkil etmoqda. Bunda kuzovning orqa qismi tomi 20 mm pasaygan. Maşina kapoti aksinça, uzunroq bölgan.

2. Juda aqlli şassi
Elektromexanik qulflarga ega faol stabilizatorlar, xuddi Bentley Bentayga kabi özining 48 voltli elektr manbaidan quvvat oladi. Uning orqa ğildiraklari, soatiga 50 km tezlikda ketayotganda, oldingi ğildiraklarga nisbatan 3 daraja ziddiga burilişi mumkin. Bunga qöşimça ravişda şassi 4 xil tartibga ega — Normal, Sport, Sport Plus va Individual. Uni, rul çambaragidagi yumaloq vosita yordamida tanlaş mumkin. Sport Chrono töplamida esa, mazkur selektor örtasiga Sport Response knopkasi joylangan bölib, u maşinaning barça elektronikasini 20 soniya içida eng "qahrli" tartibga ötkazadi.

3. Alyuminiyning köpligi
Yangi «Panamera»ning kuzovi — aytiş mumkinki, alyuminiy va temirning murakkab qorişmasidir. Kuzovning barça taşqi panellari va ayrim içki qismlari alyumindan yasalgan. Qolgan butlovçi qismlar juda pişiq pölat qotişmalardan işlab çiqilgan. Yangi kuzov, avvalgisidan 50 kgga yengllaşgan bölsa ham, Panamera Turbo elektronikaning köpligi bois, 25 kgga oğirlaşib, 1995 kgga yetgan.















