Germaniyaning Mercedes-AMG kompaniyasining Porsche Panamera modeliga raqobatçi bölişi kutilayotgan tört eşikli, mustaqil modeli 2017 yilda namoyiş etiladi. Vision kontsept-karining taqdimoti 1967 yilda asos solingan AMG kompaniyasining 50 yillik yubileyi munosabati bilan ötkaziladi. Bu haqda Autocar naşri öz manbasiga asoslangan holda yozmoqda.
Dastlabki ma'lumotlarga köra, sotuvga çiqariladigan tayyor model 2019 yilda paydo böladi va GT4 deb nomlanadi. Modernizatsiya qilingan MRA şassi negizida barpo etiluvçi kontsept-kar C-, E- va S-Class modellarining «kuçaytirilgan» namunalarining eng yaxşi jihatlarini ham köçiradi. Avtomobil konstruksiyasida kompozit materiallar, alyuminiy va öta pişiq pölatdan foydalaniladi.
Mercedes-AMG GT4 modeliga 4.0 litrli, V8 Twin Turbo motori örnatiladi. U 600 ot kuçiga ega böladi. Şu bilan birga, unga 48-voltli elektr tizim va qisqa vaqtda qöşimça kuç beriş maqsadida 20 ot kuçiga ega elektr motor ham örnatilişi mumkinligi aytilmoqda.
Tört eşikli maşina barça ğildiraklarni yetakçi qiluvçi drift-tartib bilan kuçaytiriladi. Bu tizim Mercedes-AMG E 63 modelida sinab körilgan edi. Bundan taşqari AMG Speedshift uzatmalar qutisi GT4 modelini harakatga keltiradi.
Avvalroq, «Mersedes» Formula-1 texnologiyalari qöllaniladigan giperkar işlab çiqarişi haqidagi xabarlarni tasdiqlagan edi.








