Bugun Yevropa çempionati öyinlari davom ettiriladi. Toşkent vaqti bilan 23:55da Marselda Polşa hamda Portugaliya terma jamoalari özaro öyinda maydonga tuşişadi va ilk yarim finalçi kim bölişi aniq böladi.
Öyinga bölgan qiziqiş juda katta. Eslatib ötamiz, Polşa musobaqani "C" guruhida boşladi va Germaniyadan keyin ikkinçi böldi. Ular Şimoliy Irlandiya va Ukrainadan ustun kelib, Germaniya bilan durang öynaşdi. Şu tarzda Polşa nemislar bilan bir xil oçko töpladi. Levandovskiy jamoasi 1/8 finalda Şveytsariya bilan bahslaşdi va penaltilar seriyasiga köra çorak finalga yöl oldi.
Portugaliya esa Yevropa çempionatini "F" guruhida boşladi. Kriştianu Ronaldu jamoasi barça uçta öyinda: Vengriya, Islandiya va Avstriya bilan durang öynadi. 1/8 finalda esa ular Xorvatiyaga töqnaş kelişdi. Öyinning asosiy vaqtida hisob oçilmadi, lekin qöşimça taymlarning oxirgi daqiqalari ötayotganda Rikardo Kuarejma gol urib, Portugaliyani çorak finalga olib çiqdi.
Polmşa hamda Portugaliya terma jamoalari örtasidagi öyinni kuzatiş imkoningiz bölmasa, tribuna.uz saytida olib boriladigan matnli translyatsiyani kuzatib boring.







