AQŞlik kinoustalar tomonidan suratga tuşirilgan blokbasterlarda qatnaşgan avtomobillar özlarining yorqin körinişi, köpfunksiyaligi va yuqori tezligi bilan odamlar e'tiborini öziga tortib kelgan. Quyida ana şunday avtomobillar röyxati bilan tanişiş mumkin.

1. Ecto “Arvoh ovçilari”ning uçinçi maşinasi. 80-yillarda çiqqan ikkita filmdagi singari qahramonlar Cadillac modelini tanlaşdi.

2. Bu avtomobilning avvalgilardan farqi orqa fondagi özgarişdir. Unda “suzuvçi akula” timsoli yöq. Bundan taşqari maşinaning maxsus tovuşi ham özgartirilgan va tom qismi jihozlar bilan boyitilgan.

3. Uşbu kinokomediyaning avvalgi qismlaridan eng katta farqi bu galgi qahramonlarning barçasi ayollardan iboratligidir. Kartinaning jahon premerasi 2016 yilning 11 iyul kuni bölib ötadi.

4. “Forsaj 8” filmini suratga oliş işlari nafaqat AQŞda balki dunyoning boşqa nuqtalari, masalan, Islandiyada ham davom ettirilmoqda. Şu bois filmda qatnaşuvçi ayrim maşinalarda Ice sözi paydo bölgan. Masalan, suratdagi maşina Dodge Ice Charger bölib, boş qahramon Dominik Torettaning ulovi hisoblanadi.

5. Yana bir muz maşina – zanjir ğildirakli Ice Ram. Bu filmdagi Lyuk Xobbs avtomobili hisoblanadi.

6. Tedj Parker zanjir ğildirakli Ripsaw maşinasini boşqaradi. Uni bezatilgan tank desa ham böladi. Uni aynan şu nom bilan AQŞning Howe and Howe Technologies kompaniyasi nomlagan. Kamida u pulemyot bilan ham boyitilgan.

7. Letti Ortis esa AQŞning Local Motors kompaniyasi taqdim etgan 430 ot kuçiga ega Rally Fighter’ni boşqaradi.

8. Roman Pirsning Lamborghini Murcielago avtomobili. “Forsaj 8” premerasi 2017 yilning 14 aprel kuni bölib ötadi.

9. “Transformerlar” filmining beşinçi qismida qatnaşadigan yangi politsiya maşinasi Ford Mustang. Bu sportkar robot Barrikeydga taalluqli böladi. Film rejissyori Maykl Beyning aytişiça, bu maşina xizmat qiliş yoki himoya qiliş uçun emas, balki jazolaş uçun harakatlanadi.

10. Yangi Chevrolet Camaro Bamblbiga tegişli böladi. “Transformerlar”ning beşinçi qismi 2017 yilning 23 iyun kuni katta ekranlarga çiqadi.

11. “Betmen Supermenga qarşi: Adolat ufqi” filmidan keyin heç bir joyi özgarmagan Betmobil “Jonidan töyganlar guruhi” filmida ham iştirok etdi.

12. “Jonidan töyganlar guruhi” filmidagi Joker Infiniti G35 maşinasini boşqaradi.

13. Kartina premerasi 2016 yilning 3 avgust kuni bölib ötadi.

14. “Adolatparvarlar ligasi” filmida iştirok etadigan Betmobil mana şunday körinişda böladi. Kartina 2017 yilning 17 noyabr kuni katta ekranlarga çiqadi.

15. Öyinçoqli “Lego Film: Betmen” 2017 yilning 10 fevralida katta ekranlarga çiqadi va film boş qahramoniga komik aktyor Zak Galifianakis ovoz bergan.







