“Oskar” ğolibi Mettyu Makkonaxi Ostindagi Texas Universiteti öqituvçisi böldi, deya xabar bermoqda The Wrap naşri. Kuzda Hollivud aktyori rejissyor Geri Ross bilan birgalikda kino san'ati haqida sözlab beriş uçun qadrdon talabalari yoniga qaytadi. 30 nafar talabadan iborat bölgan auditoriyada boş rolda Makkonaxi ijro etgan, Ross rejissyorligidagi “Jonsning erkin ştati” nomli film taqdim etilib, uning yaratilişi tarixi bilan boğliq bölgan ma'lumotlar hususida töxtalib ötiladi.
Talabalarga avvaldan yozilgan videolavha taqdim etilib, şaxsan Makkonaxi maktabga bir marotaba taşrif buyuradi.
Şunga öxşaş darsliklar ötgan bahor oylarida ham bölib ötgan edi. Ammo u paytlar “Jonsning erkin ştati” filmi hali ekran yuzini körmagan edi.







