Germaniya terma jamoasi hujumçisi Mario Gomes Yevropa çempionatining qolgan öyinlarida qatnaşa olmaydi. Keça bölib ötgan Italiyaga qarşi öyinning 72 daqiqasida Gomes maydonni oğriq tufayli tark etgandi.

Ma'lum bölişiça, hujumçining muşaklari şikastlangan.

Undan taşqari, Germaniya terma jamoasining yana bir futbolçisi Sami Xedira ham Yevropa çempionatining qolgan qismida jamoasiga yordam bera olmasligi ma'lum bölib ulgurgan.

Germaniya terma jamoasi Italiyani penaltilar seriyasida mağlub etib, Yevropa çempionatining yarim finaliga yöl oldi. Nemislarning raqibi bugun Fransiya hamda Islandiya terma jamoalari örtasidagi öyinda aniqlanadi.

Manba: Tribuna.uz