Google korporatsiyasi turli tillardagi nutqlarni tarjima qilib beruvçi va real vaqtda natijalarni ovozli eşittiruvçi simsiz quloqçinlar ustida işlamoqda. Bu haqda Google Brain loyihaçilaridan biri Greg Korrado jurnalistlar bilan suhbat paytida aytib ötdi, deb xabar bermoqda TechInsider.
Korradoning ma'lum qilişiça, oradan 10 yilça vaqt ötib turli tillarda sözlaşuvçi odamlar özaro bemalol gaplaşa oladilar va heç qanday tarjimonlarga ehtiyoj qolmaydi.
Tarjima neyron tarmoği tizimi yordamida vujudga keladi. Şundan söng, hosil bölgan nutq öşa insonning ovozidan farq qilmaydigan robot ovozida eşittiriladi. Korrado loyiha nomini yaşirib ötirmadi, ammo buni rivojlantirişga hali köp vaqt borligini ta'kidladi.







