RF boş vaziri Dmitriy Medvedevning bayonot berişiça, hozirça, Turkiyaning sabzavotlarini Rossiyaga kiritiş böyiça qaror qabul qilinmagan. Bu masala, rasmiy Anqara bilan muhokama etiladi, ammo bu Rossiya "zudlik bilan barça eşiklarni oçişini anglatmaydi".
Boş vazir Podmoskovedagi pomidor va bodringlar yetiştiriş bilan şuğullanadigan "Matveyevskoye" qişloq xöjaligi korxonasi faoliyati bilan tanişişi çoğida, turk pomidorlari Rossiya mahsulotlarini siqib çiqarişi borasida xavotirlar bildirildi.
"Qarorlar qabul qilganimiz yöq. Nimani va qanday hal etişni turk hamkorlarimiz bilan muhokama etamiz. Ammo, bu biz tezda barça eşiklarni oçişimizni anglatmaydi. Faqat sayyohlik yönalişlariga oid qaror qabul qilingan, xolos", —deya, boş vazir uşbu xavotirlarga öz fikrini bildirgan.
Taşrif çoğida, Medvedev sabzavotlarni yetiştiriş texnologiyasi bilan yaqindan taniştirilgan.
foto:© RIA







