Uy ovqatlarini iste'mol qiluvçi insonlarda fastfud va yarimfabrikat mahsulotlarini yeydiganlarga nisbatan  qandli diabet kasalligining ikkinçi toifasiga çaliniş xavfi kamroq böladi. Harvard maktabining jamoat soğliqni saqlaş olimlari şunday xulosaga kelişdi. Tadqiqot natijalari  PLOS Medicine jurnalida çop etildi.

Tadqiqot köngillilarning oziqlaniş odati böyiça ma'lumotlarga asoslandi. Ma'lum bölişiça,  5–7 hafta davomida uyda taom iste'mol qilgan tadqiqot iştirokçilarida uy ovqatlarini kam tanovul qiluvçilarga nisbatan diabetning ikkinçi turiga çaliniş 15 foizga kamaygan. Buni quyidagiça tuşuniş mumkin:  uydan taşqarida ovqatlanişga moyil insonlar yuqori energetik qiymatli mahsulotlar va kam miqdordagi ozuqa moddalarini iste'mol qilişadi. Bu esa diabetning ikkinçi turi paydo böliş xavfini oşirib, ortiqça vazn yiğilişiga sabab böladi.    

Diabet kasalligini oldini olişning an'anaviy strategiyasi oziqlaniş odatlarini ögartiriş va jismoniy faoliyatni kuçaytirişni talab qiladi.  Olimlar fikriça, ular amalga oşirgan tadqiqot va xulosa diabet profilaktikasida foydali böladi.