Fransiya terma jamoasi hujumçisi, Yevropa çempionati yarim finalida Germaniya ustidan qozonilgan ğalaba uçun asosiy işni bajargan Antuan Grizmann öyindan keyingi taassurotlarini bildirib ötdi.

«Bu ğalaba uçun barça birdek xizmat qildi. Bolalarning barçasiga bugun finalga çiqqanimiz uçun rahmat aytiş kerak.

Men YeÇL finalida penaltidan gol ura olmagandim, şu tufayli bugun zarbani ijro etişni juda istadim. Bir çempionat davomida urilgan gollar soni böyiça Platinini ta'qib etayapmanmi? Lekin men Mişel Platinidan ança orqadaman.

Hozir öz öyinimdan qoniqiş hosil qilmoqdaman. Biz bugungi öyin qiyin keçişini, yaxşi himoyalanişimiz kerakligini bilardik. Darvozabonimiz har safargidek işonçli öynadi. Hozir yaxşilab dam olişimiz va keyin final haqida öylaşimiz kerak. Ertadan maşğulotlarni boşlaymiz. Finalda Portugaliyaga qarşi imkoniyatlarimiz «50 ga 50». Bir öyinda barçasi röy berişi mumkin», — deya Grizmannning sözlarini keltiradi BBC Sport.

Germaniya terma jamoasi Yevro-2016 turnirini tark etdi, Grizmanning 2 goli evaziga ğalaba qozonib, finalga çiqqan Fransiya 10 iyul kuni «Stad de Frans» öyingohida Portugaliyaga qarşi maydonga çiqadi.

Manba: Tribuna.uz