Tayvan orolidagi Taybey şahri hududida poyezd vagonlarida röy bergan portlaş oqibatida kamida 21 kişi jarohatlandi. Bu haqda Straits Times xabar tarqatdi.
Manba ma'lumotiga köra, vagonda 3 marta portlaş yuz bergan. Guvohlar taxminan 40 yoş atrofidagi şaxs vagonda sumka qoldirib ketgani haqida aytişgan.
Ayni vaqtda voqea joyida tez tibbiy yordam va öt öçiriş xizmatlari xodimlari iş olib borişmoqda.
Portlaşlardan keyin yonğin çiqqan va u tezda bartaraf etilgan.
Internetda voqea joyidan olingan suratlar va video tarqaldi.







