Britaniyaning Surrey NanoSystems kompaniyasi dunyodagi eng qora Vantablack materialining yangi versiyasini namoyiş qildi. U yoruğlikni 99,965 foizga yutib yuboradi. Bu haqida Tech Insider ma'lum qildi.
Material uglerodli nanoparçalarni past haroratda östiriş yordamida yaratiladi. Şu tufayli Vantablack yuqori issiqlik ötkazuvçanlik va past ziçlik xususiyatlariga ega böldi. U zarbalar va uzoq tebranişlarga a'lo darajada bardoş beradi.
Hukmingizga havola etilayotgan videorolikda tadqiqotçilar soha va plastinkani yangi material bilan qoplaşdi, şundan söng ularni kamera qarşisida birlaştirişdi. Sohaning konturlari yöqoldi – materialning xususiyatlari uni körimsiz holatga keltirdi.
Vantablack materiali 2014 yilda yaratilgan. U Ginnesning rekordlar kitobiga inson tomonidan yaratilgan eng qora substansiya sifatida kiritilgan.







