Ispaniya sudi «Barselona» hujumçisi Neymarning işini yopdi. Futbolçi va uning otasini DIS investitsiya korxonasi sudga bergan edi.

Kompaniyaning arznomasiga köra, Neymarning «Barselona»ga ötişi uçun «Santos»ga tölangan pulning 40 foizi aynan DIS hisobiga ötkazilişi kerak bölgan. Da'vo qiluvçilar ularga 17,1 mln yevroga tekkani, keyinçalik, kataloniyaliklar hujumçi uçun 83,3 mln yevro tölagani ma'lum bölgaç, ularning uluşi 40 million yevroga yaqin bölişi kerakligini aytişgandi.

Sud barça dalillarni körib çiqqan holda ular yetarli emas degan xulosaga keldi va Neymarning işini yopdi.

Bundan oldinroq sud jamoaning sobiq prezidenti Sandro Rossel va amaldagi prezident Xosep Bartomeudan ayblovlarni soqit qilgandi.

Manba: Tribuna.uz