Londonda davom etayotgan «Katta dubulğa" turkumidagi Uimbldon turnirida dastlabki yarim final bahsi ötkazildi.
Turnirga 6-raqam ostida tasniflangan 25 yoşli kanadalik tennisçi Miloş Raoniç şveysariyalik Rojyer Federerni (3) 5 set natijasiga köra mağlub etdi va faoliyati davomida «Katta dubulğa" turkumidagi turnirda ilk bor finalga çiqdi.
Bungaça Raoniçning «Katta dubulğa" turkumidagi turnirlarda körsatgan eng yaxşi natijalari Uimbldon»-2014 yarim finali(Federerga mağlub bölgan) va Australian Open-2016 yarim finali (Endi Marreydan yutqazgan) edi.
Qayd etiş kerakki, Federer şu vaqtgaça 10 marta bu turnir yarim finalida öynagan va biron marta yutqazmagandi.
Uimbldon
Yarim final
Miloş Raoniç (Kanada) - Rojyer Federer (Şveytsariya) 6:3, 6:7, 4:6, 7:5, 6:3
Ikkinçi yarim final öyini Berdix hamda Marrey örtasida bölib ötadi.







