Bugun Yevropa çempionati yakunlanadi. Final bahsida Fransiya hamda Portugaliya terma jamoalari «Anri Delone» kubogi uçun bahs olib borişadi. Öyin Toşkent vaqti bilan 23:55da Parijda boşlanadi.

Bu öyin özgaça ahamoyat kasb etadi. Katta ehtimol bilan bugun Jahon va Yevropa çempionatining joriy mavsumdagi eng yaxşi futbolçisi aniqlanadi. Antuan Grizmann vaKriştianu Ronaldular bugun ham porlaşsa, şubhasiz «Oltin töp»ni qölga kiritişadi. Agar Kriştianu Ronaldu qahramonlik körsatadigan bölsa, bu futbol tarixidagi yirik buriliş nuqtasiga aylanişi mumkin. Şu vaqtgaça Pele futbol qiroli sifatida ta'kidlab kelinadi. Undan keyin ham köplab futbolçilar çiqişdi, lekin Lionel Messi va Kriştianu Ronaldular individual öyin borasida barça futbolçilarni ortda qoldirişdi. Ularning şaxsiy natijalarini takrorlaşning deyarli imkoni yöq.

Aynan mana şu ikki futbolçi terma jamoasi bilan yirik musobaqada qahramonlik körsatgan holda ğalaba qozonişsa, Peleni ham ortda qoldirişlari aniq. Messi buni uddalay olmadi. Ronalduda esa ajoyib imkoniyat bor. Birgina öyinda qahramonlik körsatsa bölgani. Şu sabab bu final boşqaça böladi...

Portugaliya Yevropa çempionatini «F» guruhida boşladi. Guruhdagi barça öyinlarda durang öynagan Ronaldu jamoasi uçinçi örin bilan guruhdan çiqdi. 1/8 finalda ular Xorvatiya bilan bahslaşişdi. Öyinning asosiy vaqtida hisob oçilmadi. Qöşimça bölimlarning ikkinçisida esa Rikardu Kuarejma gol urib, jamoasini çorak finalga olib çiqdi.

1/4 finalda Portugaliya jiddiy raqibga duç keldi. Polşa bilan öyinning ham asosiy vaqtida durang natija qayd etildi. Penaltilar seriyasida portugallarning omadi keldi.Yarim finalda Uelsga qarşi Portugaliya musobaqadagi eng yaxşi öyinini körsatdi. Kriştianu Ronaldu öyin qahramoniga aylandi. Hujumçi bitta gol urdi va Nanining goliga assistentlik qildi. Şu tarzda Portugaliya Yevropa çempionatining finaligaça yetib keldi.

Fransiya musobaqaning «A» guruhidan örin oldi. Frantsuzlar 7 oçko töplab, guruhda birinçi bölişdi. 1/8 finalda mezbonlar Irlandiya bilan öynaşdi. Kutilmaganda irlandlar jiddiy qarşilik körsatişdi va birinçi daqiqadanoq gol urişdi. Biroq Antuan Grizmanning dubli Fransiyani çorak finalga olib çiqdi.

1/4 finalda Fransiya Islandiya bilan öynadi va musobaqa kaşfiyotini yançib taşladi - 5:2.Yarim finalda esa Fransiya amaldagi jahon çempioni Germaniyadan ustun keldi. Bu gal ham Grizmanning dubli jamoasini finalga olib çiqd. Mezbonlar şu tarzda öz uylaridagi musobaqaning finaliga yetib kelişdi.

Portugaliya hamda Fransiya terma jamoalari örtasidagi öyindan olib boriladigan matnli reportajni Tribuna.uz saytida kuzatib boring.