Braziliyalik afsonaviy futbolçi Pele 9 iyul kuni uçinçi marta turmuş qurdi. Bu haqda Mirror xabar taqratgan. 

75 yoşli Futbol qiroli özi 6 yildan buyon munosabat örnatgan 50 yoşli Marsiya Sibele Aoki bilan turmuş qurgan. Nikoh marosimi avvalroq ötkazilişi mumkin edi, lekin bunga Peledagi soğliq bilan boğliq muammolar tösiq bölib kelgan.

Juftlik ilk bora ötgan asrning 80-yillarida Nyu-York şahrida uçraşgan. 2010 yilda esa ular tasodifan San-Pauluda yana bir bor uçraşib qolişgan.

Pelening avvalgi nikohlaridan 5 nafar farzandi bor. Nikoh marosimi Guaruja şaharçasida (San-Paulu ştati) bölib ötgan.