UYeFA rasmiy sayti tomonidan Fransiyada bölib ötgan 2016 yilgi Yevropa çempionati ramziy terma jamoasi ma'lum qilindi.
Ramziy terma jamoadan quyidagi futbolçilar örin olgan:
Darvozabon - Ruy Patrisiu (Portugaliya).
Himoyaçilar - Joşua Kimmix, Jyerom Boateng (ikkisi - Germaniya), Pepe, Rafael Gerreyru (ikkisi - Portugaliya);
Yarim himoyaçilar - Toni Kroos (Germaniya), Jo Allen, Aaron Remzi (ikkisi - Uels), Antuan Grizmann, Dmitri Payye (ikkisi - Fransiya);
Hujumçi - Kriştianu Ronaldu (Portugaliya).

10 iyul oqşomida Portugaliya Fransiya terma jamoasini qöşimça bölimda urilgan gol evaziga mağlubiyatga uçratdi va öz tarixida ilk bor qit'a çempionligini nişonladi.
Bundan oldinroq, turnirning eng yaxşi futbolçisi nomi ham aniqlangandi.






