Barkly Projects’ning axborot xavfsizligi tadqiqotçilari guruhi Firefox brauzeri yangilanmasi ostida yaşirinuvçi yangi virusni aniqladi. Bu haqda kompaniya saytida ma'lum qilindi.
Virus firibgarlik dasturlari va tovlamaçi dasturlarni tarqatuvçi Kovter troyan viruslari guruhiga mansub. Virusning yangi varianti kompyuterga brauzerning yangilanmasi körinişida tuşib, qonuniy sertifikatga ega va şu sababli antiviruslar unga ahamiyat bermaydi. Barkly ma'lumotlariga köra, antivirus kompaniyalari yangi Kovter’ni uni tösiş uçun xavfli dasturlr röyxatiga qöşa boşlaşdi.
Mutaxassislar Firefox’ni çetki resurslardan yangilamaslikni va sozlanmalarda yangilanmalarning mavjudligini tekşirişni tavsiya qilişmoqda. Bundan taşqari, antivirus dasturining eng oxirgi versiyasini işlatiş tavsiya qilinmoqda.







