Rossiyaga valyuta kelishi 2014 yildan birinchi marta nolga tushib ketdi
Rossiya Banki ma'lumotlariga ko‘ra, Rossiyaga xorijiy valyuta kelishi ikki yil ichida birinchi marta nolga tushib ketdi. Tegishli ma'lumotlar Markaziy bank saytida chop etilgan.
Bank materiallarida mamlakatga valyuta kelishi va ketishi o‘rtasidagi farq 2016 yil 2-choragi bo‘yicha 3,4 mlrd dollarni tashkil qilgani ta'kidlangan. Bu 1-chorakdagidan 3 marta hamda o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 5 marta kamroqdir.
Markaziy bank statistikasidan Rossiya ikki yil ichida birinchi marta ishlab topgandan ko‘ra ko‘proq valyuta xarajat qilgani kelib chiqmoqda. Valyuta chiqib ketishi 1,84 mlrd dollarni tashkil qilgan.
Avvalroq Rossiyaning xalqaro zaxiralari 1 iyul holatiga ko‘ra 392,756 mlrd dollarni tashkil qilgani ma'lum qilingandi. Bir oy avval bu qiymat 387,716 mlrd dollarni tashkil qilgan.