Toşkentning «Paxtakor» klubi Eron milliy jamoasi himoyaçisi Murtazo Puraliganji transferini e’lon qildi.
34 yoşli futbolçi bilan yil oxirigaça möljallangan şartnoma imzolandi. Uning şartlari e’lon qilinmadi.
Murtazo Puraliganji faoliyati davomida Eronning «Naft» va «Persepolis», Xitoyning «Tianjin» va «Şenjen», Qatarning «As-Sadd» va «Al-Arabiy», Belgiyaning «Yupen» klublarida öynagan.
Eron milliy jamoasi safida 54 bahsda 3 gol muallifiga aylangan. U 2018 va 2022-yilgi jahon çempionati final bosqiçida asosiy futbolçi sifatida iştirok etgan. U «Persepolis»dan «Paxtakor»ga erkin agent maqomida kelib qöşildi.

















