11 iyul kuni Buyuk Britaniyada “Farnboro” Xalqaro aviakosmik saloni (Farnborough International Airshow) öz işini boşladi. Jahondagi eng nufuzli aerokosmik körgazmasi sifatida tan olinadigan mazkur tadbir 17 iyulga qadar davom etadi. Aviasalon har ikki yilda bir marta Londondan 55 kilometr janubiy-ğarbda joylaşgan Farnboro şahridagi aeroportda bölib ötadi. Körgazma taşkilotçisi Farnborough International Limited kompaniyasi hisoblanadi. Körgazmada aviatsiya va fazoviy maqsadlarda foydalaniladigan uçuvçi apparatlarning barça turlari namoyiş etiladi. Jumladan, aviatsiya va kosmik apparatlarning dvigatellari, kosmik apparatlar, sun'iy yöldoşlar, aeroportlar uçun jihozlar, aviatsiya texnikalarini ta'mirlovçi jihozlar, tarixiy ahamiyatga molik texnikalar, qurollar, radar va kuzatuv tizimlari xam körgazmadan örin olgan.

Ilk bor aviaşou 1932 yilda ötkazilgan edi. Öşanda London yaqinidagi “Xendon” aerodromida ilk bor havoda parvoz qiluvçi apparatlar körgazmasi bölib ötgan edi. Ilk körgazmada 13 ta kompaniya özining 30 ta samolyotini namoyiş qilgan edi. Avvaliga körgazmada faqat Buyuk Britaniya kompaniyalari iştirok etar edi. Keyinçalik xorijiy kompaniyalar ham öz mahsulotlari bilan iştirok eta boşladi. Ikkinçi jahon uruşi davrida aviasalon ötkazilmadi. Uruşdan keyin, töğriroği, 1946-1947 yillarda aviasalon Xartfordşir grafligidagi “Redletta” aeroportida ötkazildi. 1948 yildan boşlab esa doimiy ravişda “Farnboro” aeroportida ötkazib kelinadi. Ma'lumki, bu aeroport Britaniyadagi qadimiy bölib, undan ilk samolyot 1908 yilda havoga kötarilgan edi. 1948 yilda körgazma atigi bir hafta davom etdi. Öşa yili mutaxassislar bilan bir qatorda keng jamoatçilik ilk bor körgazma faoliyati bilan tanişiş şarafiga muyassar böldi. 1949 yilda ötkazilgan tadbirda ilk bor reaktiv yölovçi de Havilland DH.106 Comet samolyoti namoyiş etildi.

1952 yilgi aviaşou vaqtida birinçi aviahalokat yuz berdi. Buyuk Britaniyaning de Havilland DH.110 reaktiv qiruvçi samolyoti havoda tomoşabinlar ustida portlab ketdi. Hodisa oqibatida 31 kişi halok böldi. Ularning ikki nafari uçuvçi, 29 nafari esa yerda bölgan tomoşabinlar edi.

1962 yildan boşlab körgazma har ikki yilda bir marta ötkaziladigan böldi. 2000 yilgaça aviasalon sentabr oyida ötkazilgan bölsa, 2000 yildan boşlab iyul oyida ötkazila boşlandi. 1966 yilda aviasalon işida Yevropa kompaniyalari qatnaşadi. 1974 yildan boşlab esa körgazmaga xalqaro maqom berildi. 2010 yilda ekspozitsiyalarning fazoviy sektori kengaytirildi. Öşa yili ilk bor Boeing 787 Dreamliner yölovçi samolyoti namoyiş qilindi. 2012 yili ötkazilgan körgazmaga 280 mingdan ortiq kişi taşrif buyurgan edi. Aviaşou tarixida ilk bor butun dunyodan olib kelingan uçuvçisiz apparatlar namoyiş qilindi.

Bundan avvalgi “Farnboro-2014” aviasaloni 14-20 iyulda bölib ötib, uning işida 39 ta mamlakatning 1 ming 500 ta kompaniyasi iştirok etdi va 179 ta uçuvçi apparat tomoşabinlar e'tiboriga havola etildi. Körgazmaga 100 mingdan ortiq tomoşabin keldi. Imzolangan Şartnoma va Bitimlarning umumiy qiymati 152 milliard dollarga yetdi. Bu yilgi “Farnboro-2016” körgazmasiga 30 mamlakatning 1 ming 200 ta kompaniyasi öz mahsulotlari bilan qatnaşiş niyatini bildirdi. Aviaşou xududida 20 ta mamlakatning pavilonlari işlab turibdi. 50 dan ortiq mamlakatning harbiy delegatsiyalari taklif qilingan.