Germaniya vazirlar mahkamasi «Bundesverning kelajagi va nemis xavfsizlik siyosati böyiça Oq kitob» — mamlakat harbiy doktrinasining yangi tahririni ma'qulladi, deb xabar qilmoqda Germaniya federal hukumati sayti. 

Ta'kidlanişiça, hujjatda Germaniyaning xavfsizlik sohasidagi manfaatlari va GFRning xavfsizlik sohasidagi siyosatining negizini taşkil etuvçi  qadriyatlar aks etgan. 

"Oq kitob" matniga muvofiq, Germaniya BMT missiyalarini qöllab-quvvatlaşda davom etadi. Şuningdek, unda NATO va YeIni kuçaytiriş çoralariga ham töxtab ötilgan. 

Şu bilan birga, Germaniya YeXHT faoliyatida ham faol iştirok etişni rejalaştirgan. 

Sönggi marotaba, Germaniya hukumati 2006 yilda "Oq kitob"ga özgartiriş kiritgan edi.