Kuni keça Nyu-York aholisi noyob va qiziqarli hodisa - manxettenxenjning guvohi böldi. Quyoş botayotganda (yoki çiqayotgandagi) uning nurlari şahar osmonöpar binolari orasidan ötadigan köriniş şunday nomlanadi. Bunda 29 darajali burçak ostida kesişgan avenyularda va xoç köçalarda Quyoşni kuzatiş mumkin böladi. Manxettenxenjni yilda bir neça marotabagina belgilangan bir vaqtda köriş imkoni paydo böladi. Quyoşning botayotgan nurlaridan 29 may hamda 11 yoki 12 iyulda bahra olinadi. Quyoşning çiqişida ham bunday hodisa yilda ikki marta sodir böladi - 5 dekabr va 8 yanvar. 

"Manxettenxenj" atamasi mazkur hodisaga yaqindagina berildi, u "stounxenj" (Uiltşir grafligidagi megalitik tuzilmalar) sözidan kelib çiqadi.

\