Knightscope K5 qöriqçi-roboti AQŞdagi Stenford savdo markazida 16 oylik bolaning boşiga zarba berib, uning oyoğini bosib ötdi. Bu haqda The Verge xabar tarqatgan.
Jabrlanuvçi bolaning onasi ma'lumot berişiça, robot bolaning boşiga urgan, natijada bola yerga yuzi bilan yiqilgan. 136 kg oğirlikdagi robot şundan keyin ham harakatini töxtatmasdan, uning oyoğini bosib ötib ketgan. Bolaning oyoğida sezilarli iz qolgan.

Knightscope K5 roboti modeli öziga topşirilgan hududni qöriqlaşi uçun yaratilgan. Maşinaning balandligi bir yarim metr, oğirligi 140 kilogrammga yetadi.
Bu robot savdo markaziga 2015 yili işga qabul qilingan. U datçik va kameralar bilan jihozlangan, öta şovqin-suronga reaksiya körsatadi va noodatiy xatti-harakatni darhol payqaydi.
Ayni vaqtda korxona savdo markaziga taşrif buyuruvçi yoş bolalarni xavfdan xoli qiliş maqsadida qanday çoralarni köriş haqida qaror bildirmadi.







