IT sohasida dunyoda tan olingan yetakçilardan biri bölgan Cisco Systems kompaniyasi, 2016 yilning 12 iyul kuni Toşkent şahridagi Inha universitetida Özbekistondagi öz hamkorlari uçun «Hamkorlikdagi faoliyat uçun Cisco texnologiyalari» mavzusida seminar ötkazdi.
MDH mamlakatlarida Collaboration texnologiyalari sotuvi böyiça menejyer Igor Sukaylo hamkorlarni Cisco’ning eng sönggi işlanmalari bilan taniştirdi. Bu işlanmalar AKTni tatbiq etişga töğri yondaşiş natijasida taşkilotdagi xodimlarning birgalikdagi faoliyatlarini yanada samaraliroq qiliş imkoniyatini beradi.
ozordagi köpgina veb-konferensiyalar singari “bulut”da emas, mijozning serverida işlaydigan veb-konferensiyalar va majlislar serveri hisoblangan WebEx Meetings Server’ni şunday qöşimçalardan biri sifatida e'tirof etiş mumkin. Bunday yeçimlardan foydalaniş taşkilotlarga TAS-IX tarmoği içida veb-konferensiyalar va majlislar uçun öz infratuzilmasini yaratiş imkonini beradi. Bu esa, öz navbatida, Internet trafigi uçun sarflanadigan mablağlarni sezilarli darajada tejaydi, hamda yetarliça xavfsizlik darajasini ta'minlaydi. Bu esa davlat taşkilotlari va banklar uçun judayam muhim omil hisoblanadi.
Ta'kidlaş joizki, mazkur seminar Toşkent şahridagi Inha universitetida ötkazildi. IUTning oçilganiga hali köp vaqt ötmagan bölsada, lekin ötgan qisqa davr içida Özbekistondagi IT-ta'lim muassasalari orasida tan olingan nufuzli ilm dargohlaridan biriga aylandi. Bundan taşqari, IUTda talabalarga saboq berişda «Cisco» kompaniyasining texnologiyalaridan foydalaniladi.







